Qabul - Tiiu

Follow us:

Aloqa uchun

+998 97 009 7975

Pochta

info@tiiu.uz

Ta'lim shakli
O’zingiz uchun qulay ta’lim shaklini tanlang va o’qishingiz hamda ishingizni birgalikda olib boring yoki o’zingizni to’liq o’quv jarayonlariga jalb qiling.
Kunduzgi ta'lim
Kunduzgi ta’lim shaklida siz haftada 4-5 kun o’qiysiz: ma’ruza va seminarlarda qatnashasiz, test va imtihonlar topshirasiz. O’quv yili 2 semestrga bo’linadi. O’quv yili sentabrdan boshlanib iyungacha davom etadi.
Sirtqi ta'lim
Sirtqi ta’lim shakli asosan masofaviy o’qitish texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek semestrda 2-4 haftagacha universitetga kelishingiz talab etilishi mumkin.
Kechki talim
Kechki talim shaklida siz haftada 4-5 kun o’qiysiz: ma’ruza va seminarlarda qatnashasiz, test va imtihonlar topshirasiz. Darslar soat 17:00 dan keyin bo’ladi.
Bizda hammasi oson

Qabul shartlari

01

So'rov qoldiring

Mobil telefon raqamingizdan foydalangan holda qabul uchun saytda ariza qoldiring (Bizdan sms xabar qabul qilish va tizimda muvaffaqiyatli ro’yxatdan o’tishingiz uchun hisobingizda yetarlicha mablag’ bo’lishi kerak).
02

Hujjatlarni taqdim qiling

Tizimga kerakli hujjatlarni, shu jumladan, joriy ta’lim darajangiz to’g’risidagi hujjatlarni ham taqdim eting.
03

Imtihonlar

Universitetning ichki testlaridan o’ting.
04

Shartnoma (Kontrakt)

Javoblar e’lon qilinganidan so’ng, shartnomani rasmiylashtiring. Universitetda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yillik shartnoma miqdori:

Biz bilan bog'laning

Agar sizda biron bir savol bo'lsa, qo'ng'iroq qiling yoki shaklni to'ldiring.
Biz sizga qisqa vaqt ichida javob beramiz.​

Eng ko'p beriladigan savollar

Bo'lajak talabalar va o'qituvchilar tomonidan eng ko'p beriladigan savollarga professorlar tomonidan javoblar

Toshkent Ijtimoiy Iqtisodiyot Universitet manzillari quyidagilar Olmazor tumani, Usta Shirin ko‘chasi 116-uy Toshkent shahri, Yangi hayot tumani, Qanora ko‘chasi 44-uy 

Toshkent Ijtimoiy Iqtisodiyot Universiteti haqida batafsil ma’lumotni saytimizning “Aloqa” sahifasidan kirib bilib olsangiz bo’ladi yoki quyidagi formalarni to’ldirib malakali o’qituvchilardan fikr olsangiz bo’ladi ular sizlarga batafsil ma’lumot berishadi

Toshkent Ijtimoiy Iqtisodiyot Universiteti yo’nalishlari bilan “Fakultet” sahifasida batafsil tanishib chiqsangiz bo’ladi

Biz bilan quyidagi raqamlar +998 55 506 79 75  +998 55 506 12 77 orqali bog’lansangiz bo’ladi yoki info@iiiu.uz  ushbu pochta manziliga xabar qoldirsangiz bo’ladi

Biz bilan bog'laning

Agar sizda biron bir savol bo'lsa, qo'ng'iroq qiling yoki shaklni to'ldiring. Biz sizga qisqa vaqt ichida javob beramiz.

    IIIU bo'ylab video sayohat

    IIIUga virtual sayohat qiling va universitet faoliyati bilan batafsil tanishish imkoniga ega bo’ling. Mazkur videolavhada universitet tomonidan yaratilgan qulay shart-sharoit va keng imkoniyatlar o‘z aksini topgan.
    Sharhlar

    Biz haqimizda o'quvchilarimiz fikrlari