Universitet hayoti - Tiiu

Follow us:

Aloqa uchun

+998 97 009 7975

Pochta

info@tiiu.uz

Universitet haqida bir necha so'z

Zamonaviy ta’lim jarayonlari va metodikalari uyg‘unlashgan Toshkent Ijtimoiy Innovatsiya Universitetida 2.000 dan oshiq talaba-yoshlar tahsil olib kelmoqda.
Universitetimizda 10 dan oshiq yo‘nalishlar mavjud:
•Maktabgacha ta’lim
•Boshlang‘ich ta’lim
•Amaliy psixologiya
•Ingliz tili
•Rus tili
•Arab tili
•O‘zbek tili
•Iqtisodiyot
•Moliya va moliyaviy texnologiyalar
•Buxgalteriya hisobi va boshqalar
Mashg‘ulotlar kunduzgi,sirtqi hamda kechki ta’lim shakllarida tashkil etilgan
Talabalar uchun shinam va zamonaviy yotoqxona hamda kutubxona faoliyat yuritib kelmoqda
Toshkent Ijtimoiy Innovatsiya Universiteti bo‘lgan har bir talaba ingliz va arab tillarini BEPUL o‘rganish imkoniyatiga ega!
Dasturlashga qiziquvchi yoshlarimiz uchun ham o‘quv kurslari tashkil etilgan.
Qulay lokatsiya va shinam o‘quv binosiga ega bo‘lgan Toshkent Ijtimoiy Innovatsiya Universiteti ilmga chanqoq yoshlarimizni o‘z bag‘riga chorlab qoladi.
TIIU da amaliy mashg‘ulotlar kreativ tarzda tashkil etilmoqda.

A. R. Sanakulova boshchiligida “Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanish sohalarida harakatli o'yinlar” mavzusida Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan kichik estafeta o‘tkazildi.

Ushbu estafeta talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinib, yuqori kayfiyat bag‘ishladi.