O’zaro hamkorlik doirasida


Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori i.f.f.d dots. A. Nazarov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari uchun tashkil etilgan «Ijtimoiy ta’sir va notijorat tashkilotlarini boshqarish» yo‘nalishidagi malaka oshirish kurslarining III moduli “Nodavlat notijorat tashkilotlari moliyaviy boshqaruvi va hisobot” mavzusida o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Unda tinglovchilar donorlar bilan ishlash, xalqaro loyihalarni tayyorlash, NNT moliyaviy boshqaruvi va hisoboti bo‘yicha zaruriy bilimlarga ega bo‘lishdi.

