INFRATUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH MAQSADIDA 2026-YIL MART OYI DAVOMIDA O‘TKAZILADIGAN ANKETA VA SO‘ROVNOMA HISOBOTI - Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti
Addmission Подача документа Hujjat topshirish

Bizni kuzatib boring:

Aloqa uchun

+998 78 113 1717 +998 55 506 1277

Pochta

info@tiiu.uz

INFRATUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH MAQSADIDA 2026-YIL MART OYI DAVOMIDA O‘TKAZILADIGAN ANKETA VA SO‘ROVNOMA HISOBOTI

2026-yil 14-mart kuni Toshkent ijtimoiy innovatsiya universitetida             ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash hamda talabalarining ijtimoiy-psixologik holatlarini o‘rganish maqsadida universitetning “TIIU Ma’naviy-ma’rifiy va spotr”  telegram kanalida so‘rovnoma o‘tkazildi.

 

 

 

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, respondentlarning mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha bo‘ldi. Talabalarning 61 % Iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar yo‘nalishida, 39 % esa Pedagogika va psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotganliklarini bildirgan. Bu natija universitetda iqtisodiyot va texnologiyalar yo‘nalishidagi talabalar ulushi ko‘proq ekanligini ko‘rsatadi.

Universitet infratuzilmasi bo‘yicha berilgan savollarga talabalarning javoblari ham tahlil qilindi. Jumladan, universitetdagi o‘quv xonalari sharoitlari haqida so‘ralganda respondentlarning 37 % juda yaxshi, 46 % yaxshi, 16 % o‘rtacha, 1 % esa qoniqarsiz deb baholagan. Bu natija universitetdagi o‘quv jarayoni uchun yaratilgan sharoitlar aksariyat talabalarni qoniqtirayotganini ko‘rsatadi.

Kutubxona sharoitlari bo‘yicha esa talabalarning 35 % juda yaxshi, 51 % yaxshi, 13 % o‘rtacha, 1 % qoniqarsiz degan fikrni bildirgan. Ushbu ko‘rsatkichlar universitet kutubxonasi talabalarning aksariyati tomonidan ijobiy baholanayotganini ko‘rsatadi.

Universitet hududidagi internet (Wi-Fi) sifati bo‘yicha talabalarning fikrlari quyidagicha taqsimlandi: 20 % juda yaxshi, 43 % yaxshi, 23 % o‘rtacha, 14 % juda past deb baholagan. Bu esa internet sifati umumiy jihatdan qoniqarli bo‘lsa-da, ayrim hollarda uni yanada yaxshilash zarurligini ko‘rsatadi.

Universitet hududidagi dam olish joylari (o‘rindiqlar, ayvonlar, yashil hududlar) yetarliligi bo‘yicha respondentlarning 32 % yetarli, 50 % qisman yetarli, 18 % yetarli emas deb javob bergan. Ushbu natijalar talabalar uchun dam olish hududlarini kengaytirish zarurligini ko‘rsatadi.

Oshxona yoki bufet xizmatlari bo‘yicha so‘rov natijalariga ko‘ra, 44 % talaba juda mamnun, 51 % qisman mamnun, 5 % qoniqarsiz degan fikrni bildirgan. Bu ko‘rsatkichlar umumiy xizmat sifati qoniqarli ekanligini bildiradi, ammo ayrim jihatlarni takomillashtirish talab etiladi.

Talabalarning fikriga ko‘ra, universitet infratuzilmasida ko‘proq takomillashtirilishi kerak bo‘lgan yo‘nalishlar ham aniqlandi. Natijalarga ko‘ra, 38 % talaba sport inshootlarini, 21 % dam olish hududlarini, 16 % internet tarmog‘ini, 14 % kutubxonani, 11 % esa oshxona va ovqatlanish joylarini rivojlantirish zarurligini ta’kidlagan.

Shuningdek, talabalar universitet hududida tashkil etilishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha imkoniyatlar haqida ham o‘z fikrlarini bildirdilar. So‘rov natijalariga ko‘ra, 40 % talaba dam olish zonalarini, 36 % sport maydonchalarini, 20 % “CO-WORKING” zonalarini, 4 % esa boshqa turdagi imkoniyatlarni tashkil etishni taklif qilgan.

 

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra:

 

 

 

O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, talabalarning aksariyati berilgan savollarga ijobiy munosabat bildirganliklari aniqlandi. Xususan, umumiy baholash natijalarida “juda yaxshi” baholashlar ulushi 38 % ni “o‘rta yaxshi” ko‘rsatkichi     47 % bilan yetakchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, tashkil etdi. Bu esa talabalar tomonidan universitetdagi ta’lim jarayoni va yaratilgan sharoitlar asosan ijobiy baholanayotganini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, “qoniqarli” baholar 12% ni tashkil etib, ayrim yo‘nalishlarda hali takomillashtirish zarurligini bildiradi. “Salbiy” baholarning 3% ni tashkil etishi esa kamchiliklar mavjud bo‘lsa-da, ularning ulushi nisbatan past ekanligini ko‘rsatadi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, so‘rovnoma savollari kesimida ayrim yo‘nalishlarda yuqori ijobiy natijalar kuzatilgan bo‘lsa, ba’zi savollarda nisbatan pastroq baholar qayd etilgan. Bu esa universitet faoliyatining ayrim jihatlarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

Umuman olganda, so‘rovnoma natijalari universitetda ta’lim sifati va infratuzilma sharoitlari talabalar tomonidan asosan ijobiy baholanayotganini, shu bilan birga ayrim yo‘nalishlarda rivojlanish uchun imkoniyatlar mavjudligini tasdiqlaydi.

Fikr qoldirish

Your email address will not be published.