DIQQAT INSHOLAR TANLOVI - Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti
Addmission Подача документа Hujjat topshirish

Bizni kuzatib boring:

Aloqa uchun

+998 78 113 1717 +998 55 506 1277

Pochta

info@tiiu.uz

DIQQAT INSHOLAR TANLOVI

Toshkent Ijtimoiy Innovatsiya Universitetida talabalar o‘rtasida “Amir Temur va temuriylar merosi”, “Amir Temur va Temuriylar davri – Markaziy Osiyoda ilm-fan hamda madaniyatning yuksalish davri” mavzularida insholar tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovdan maqsad:
Talabalar o‘rtasida Amir Temur va Temuriylar davri tarixini keng targ‘ib qilish
Yoshlarning tarixiy merosimizga bo‘lgan hurmatini oshirish
Talabalarning ijodiy fikrlashi va yozma nutqini rivojlantirish
Iqtidorli talabalarni aniqlash va rag‘batlantirish
Tanlov shartlari:
Tanlovda universitetning barcha talabalari ishtirok etishi mumkin
Insho hajmi: 3–5 bet
Insholar o‘zbek tilida yozilishi kerak
Ishlar Word formatda topshiriladi
Har bir ishtirokchi faqat bitta insho bilan qatnashadi
Baholash mezonlari:
Mavzuning yoritilishi
Tarixiy faktlardan foydalanish
Ijodkorlik va mustaqil fikr
Savodxonlik va uslub

Tanlovda qatnashish uchun ariza 6-aprel 15:00 qadar qabul qilinadi.

INSHOLAR TANLOVI 8-aprel 14:00da bo`lib o`tadi

G‘oliblar:

Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Batafsil ma’lumot uchun:
Tel:+998 99 231 00 44
Telegram: @GBoboyev_a @Imomqulova_0205

Fikr qoldirish

Your email address will not be published.