Faol talabalar taqdirlandilar
Toshkent ijtimoiy innovatsiya universitetida Navro‘z bayrami munosabati bilan universitet hayotida faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh faol talabalar taqdirlandilar.

Taqdirlash marosimida universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Faol, tashabbuskor va iqtidorli talabalarimiz universitetimiz faxri hisoblanadi.
Barcha taqdirlangan talabalarimizni muborakbod etamiz va kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

