Profilaktik tadbir - Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti
Addmission Подача документа Hujjat topshirish

Bizni kuzatib boring:

Aloqa uchun

+998 78 113 1717 +998 55 506 1277

Pochta

info@tiiu.uz

Profilaktik tadbir

2026 yil 5 yanvarda qabul qilingan “Respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent ijtimoiy innovatsiya universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti mas’ul xodimlari J. Farmanov, J. Ergashev hamda U. Xamrayevlar ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida yoshlar orasida uyushgan jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi va savdosining jamiyat uchun xavfli oqibatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Suhbat jarayonida giyohvandlik inson salomatligiga jiddiy, ayrim hollarda esa qaytarib bo‘lmas zarar yetkazishi, ruhiy va jismoniy qaramlikni keltirib chiqarishi haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, bu illat insonning ma’naviy-axloqiy qiyofasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, uning oilaviy muhiti va ijtimoiy hayotiga ham jiddiy zarar yetkazishi alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida talabalarga giyohvandlikka qarshi kurashish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlarni turli salbiy illatlardan asrash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi. Uchrashuv savol-javoblar, fikr almashishlar va talabalarning qiziqishlari asosida davom etdi.

Fikr qoldirish

Your email address will not be published.