IFTIXOR
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tomonidan tashkil etilgan nufuzli “Yosh tadqiqotchi” ko‘rik-tanlovida universitetimizning Iqtisodiyot yo‘nalishi magistranti Sherali Umarov munosib ishtirok etib, sovrindorlar safidan joy oldi.



Mazkur tanlov yosh olimlarning ilmiy salohiyatini namoyon etish hamda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, unda turli davlatlardan iqtidorli tadqiqotchilar o‘z ilmiy ishlari bilan qatnashdilar.
⏺ Sherali Umarov tomonidan taqdim etilgan ilmiy loyiha dolzarbligi, amaliy ahamiyati hamda puxta tahliliy yondashuvi bilan hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.
⏺ Ushbu yutuq nafaqat magistrantimizning shaxsiy muvaffaqiyati, balki universitetimizning ilmiy salohiyati va yosh tadqiqotchilarga yaratilgan keng imkoniyatlarning yorqin ifodasidir.
⏺Talabamizni ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi ilmiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!