Magistrantlar dissertatsiya ishlari bo‘yicha 6 oylik monitoring o‘tkazildi
Magistratura Lingvistika yo‘nalishi 1–2-kurs magistrantlarining dissertatsiya ishlari yuzasidan 6 oylik monitoring tashkil etildi.

📊 Monitoring davomida magistrantlar o‘tgan 6 oy mobaynida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, erishilgan natijalar hamda keyingi bosqich rejalari bo‘yicha taqdimotlar qilishdi.
👥 Tadbirda:
— barcha ilmiy rahbarlar
— O‘quv bo‘limi vakillari
— magistrantlar
faol ishtirok etdilar.
📌 Monitoring ishlari v.b. professor I.S. Kaxarova, dotsent (PhD) O. Bayjanova, dotsent N.B. Pulatova, v.b. dotsent Z.Sh. Abdullayeva hamda dotsent G. Meliyeva tomonidan qabul qilindi.
📚 Mazkur monitoring magistrantlarning ilmiy faoliyatini tizimli baholash, dissertatsiya ishlarining sifatini oshirish va ilmiy jarayonni yanada takomillashtirishga xizmat qildi.
