Tarix - Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti
Addmission Подача документа Hujjat topshirish

Bizni kuzatib boring:

Aloqa uchun

+998 78 113 1717 +998 55 506 1277

Pochta

info@tiiu.uz

Tarix

Tarix taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va kechki taʼlim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha taʼlim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi.

Tarix – Gumanitar fanlar bilim sohasining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u insoniyat taraqqiyoti jarayonida yuz bergan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va maʼnaviy voqealarni o‘rganishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda taʼlim oluvchilar tarixiy manbalarni tahlil qilish, tarixiy tadqiqot metodologiyasidan foydalanish, milliy va jahon tarixining asosiy bosqichlarini chuqur o‘rganish, shuningdek, mustaqil ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.

Yo‘nalishning asosiy vazifasi – tarixiy merosni asrab-avaylash, yosh avlodda vatanparvarlik, milliy g‘urur va fuqarolik masʼuliyatini shakllantirish, tarixiy jarayonlarni to‘g‘ri tahlil qila oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Bitiruvchilar umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari, oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, muzeylar va arxivlarda pedagog, tadqiqotchi yoki mutaxassis sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Asosiy fanlar:


Tanlov fanlar:


Asosiy fanlar:


Tanlov fanlar:



Asosiy fanlar:


Tanlov fanlar:


Asosiy fanlar:


Tanlov fanlar: