Psixologiya
Psixologiya
Psixologlar davlat va tijorat tashkilotlarida talabga ega bo’lgan va yaqin yillarda mashhurligi juda ham yuqori sur’atlarda o’sadigan kasblardan hisoblanadi
Psixologiya taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha taʼlim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi
Psixologiya (amaliy psixologiya) Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot bilim sohasining Ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar taʼlim sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, maktabgacha taʼlim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat va nodavlat muassasalarida, ommaviy axborot vositalari, davlat va mahalliy boshqaruvi organlari, har xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlarida, xususiy psixologik xizmat ko‘rsatish markazlarida psixologik yordam ko‘rsatish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Asosiy fanlar:
- Fuqarolik jamiyati asoslari
- Oliy matematika
- Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi
- Xorijiy til (ingliz, fransuz, nemis)
- Umumiy pedagogika
- Raqamli va axborot texnologiyalari
- Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
Tanlov fanlar:
- Psixologik maʼlumotlarni qayta ishlash metodlari va texnologiyalari
Asosiy fanlar:
- Falsafa
- Xorijiy til (ingliz, fransuz, nemis)
- Psixologik trening asoslari
- Pedagogik konfliktologiya
- Oila pedagogikasi va psixologiyasi
- Oʻzbek tili (rus guruhlar uchun), rus tili (oʻzbek guruhlar uchun)
Tanlov fanlar:
- Umumiy psixologiya
- Eksperimental psixologiya
Asosiy fanlar:
- Pedagogik psixologiya va psixologiyani oʻqitish metodikasi
- Psixologik konsultatsiya va psixokorreksiya
- Umumiy psixodiagnostika
- Psixologiya tarixi
- Sotsial psixologiya
Tanlov fanlar:
- Eksperimental psixologiya
- Umumiy psixologiya
Asosiy fanlar:
- Rivojlanish psixologiyasi va differensial psixologiya
- Yuridik psixologiya
- Taʼlim muassasalarida psixologik xizmat
- Ekstremal vaziyatlarda psixologik xizmat
Tanlov fanlar:
- Psixolog faoliyatida proyektiv metodlar