Iqtisodiyot
Iqtisodiyot
Ushbu dastur sizga doimiy ravishda o’zgarib turadigan raqobat muhitida tashkilotlarning qanday ishlashini tushunishga imkon beradi.
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha taʼlim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi.
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot bilim sohasining Ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar taʼlim sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, turli mulk shakllariga tegishli, turli tarmoq, sohalarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari, moliya, kredit va sug‘urta muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, taʼlim muassasalarining iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish-iqtisodiy va tahlil xizmatlarini o‘z ichiga oladi, tarmoqlar va sohalar bo‘yicha-tarmoqlari va korxonalarini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmasiga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.
Asosiy fanlar:
- Iqtisodiyot nazariyasi
- Raqamli va axborot texnologiyalari
- Oliy matematika
- Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
- Xorijiy til (ingliz, fransuz, nemis)
- Mikroiqtisodiyot
- Makroiqtisodiyot
Tanlov fanlar:
- Risklarni boshqarish
- Statistika
- Xorijiy investitsiyalar
Asosiy fanlar:
- Falsafa
- Oʻzbek tili (rus guruhlar uchun), rus tili (oʻzbek guruhlar uchun)
- Xorijiy til (ingliz, fransuz, nemis)
- Marketing
- Statistika
- Moliya asoslari
Tanlov fanlar:
- Axborot tizimlari asoslari
- Moliyaviy hisobga kirish
- Moliyaviy maʼlumotlar tahlili
- Menejment nazariyasi
Asosiy fanlar:
- Iqtisodiy siyosatga kirish
- Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti
- Inson resurslarini boshqarish
- Global iqtisodiy rivojlanish
- Sanoat iqtisodiyoti
- Korxonani tashkil etish va tadbirkorlik
- Qimmatli qogʻozlar
Tanlov fanlar:
- Loyihalarni boshqarish
- Gʻaznachilikni boshqarish
- Moliyaviy xisobot va xisobdorlik
- Aktivlar bozori
Asosiy fanlar:
- Korporativ boshqaruv
- Strategik boshqaruv
- Innovatsion iqtisodiyot
- Mintaqaviy iqtisodiyot
Tanlov fanlar:
- Soliq va soliqqa tortish
- Iqtisodiy sotsiologiya
- Investitsiyalar tahlili