“Kelajakka qadam” markazi
“Kelajakka qadam” markazi
“Kelajakka qadam” markazi – bu oliy ta’lim muassasalari (universitet va institutlar) bitiruvchilariga ish topishda, o’z biznesini boshlashda va kasbiy rivojlanishda yordam beradigan markazdir.
Markaz O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan tashkil etilgan bo’lib, yoshlarning bandligini ta’minlash va mehnat bozoriga moslashuvini osonlashtirishga xizmat qiladi.
Markaz nima ish qiladi?
Asosiy vazifalari
-
Ma’lumot to’plash va tahlil
Talabalar haqida ma’lumot to’plash va tahlil qilish — qaysi yo’nalishdagi talabalar bitiryapti, ular ish topganmi yoki biznes boshlaganmi, shularni o’rganadi.
-
Biznes g’oyali talabalarni aniqlash
O’z biznesini boshlamoqchi bo’lgan bitiruvchilarni topadi.
-
Treninglar va o’quvlar
Biznes reja tuzish, kredit olish, loyihani boshqarish bo’yicha treninglar tashkil etadi.
-
Kredit olishga yordam
“O’zmilliybank” orqali loyihalar uchun kredit olish jarayonini tushuntiradi va yo’naltiradi.
-
Startuplarni moliyalashtirish
Startup loyihalarni moliyalashtirishga ko’maklashadi.
-
Ish beruvchilar bilan tanlovlar
Talabalarni kasbga tayyorlash va amaliyot o’tash uchun ochiq tanlovlar tashkil etadi.
-
Axborot kampaniyalari
Markaz faoliyati, muvaffaqiyatli talabalar loyihalari haqida ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumot beradi.
Talabalar uchun imkoniyatlar
Ishga joylashish
Bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar Markaz bazasiga kiritiladi. Markaz ish beruvchilar bilan bog’lab beradi va kasbiy tayyorlov (amaliyot) dasturlarini tashkil etadi.
Biznes boshlash
O’z g’oyasiga ega talabalarga Markaz treninglar o’tkazadi, tavsiya xati beradi va kredit olish uchun hujjatlar tayyorlashga ko’maklashadi.
Talaba loyiha hujjatlarini to’ldirib, bankka topshiradi va kredit oladi. Moliyalashtirilgan loyihalar natijasi muntazam tahlil qilinadi.
Xorijda amaliyot o’tash
Tanlovda g’olib bo’lgan talabalar xorijda qisqa muddatli kasbiy amaliyot kurslariga yuborilishi mumkin.
Ingliz yoki xorijiy til bo’yicha B2 daraja talab etiladi. Xarajatlar (chipta, yashash) bank tomonidan moliyalashtiriladi.
Tanlovlar qanday o’tkaziladi?
- 1
Har bir yo’nalish (masalan, tibbiyot, muhandislik, IT) bo’yicha ochiq tanlovlar o’tkaziladi.
- 2
Tanlov natijasida g’oliblar aniqlanadi.
- 3
G’olib talabalar 1–6 oy davomida amaliyot o’tashadi va ularga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarida oylik to’lanadi.
- 4
Amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagan talaba ishga olinadi.
“Kelajakka qadam” dasturi
Yoshlar va bitiruvchilar uchun turli yo’nalishlarda moliyaviy qo’llab-quvvatlash imkoniyatlari. Dastur “O’zmilliybank” (NBU) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
“Tadbirkorlikka ilk qadam”
O’zini o’zi band qilgan va biznesga ilk qadam qo’ymoqchi bo’lgan bitiruvchi va yoshlarga
“Biznes start”
Zarur biznes ko’nikmaga ega bo’lib, tadbirkorlik subyekti sifatida mustaqil biznes boshlamoqchi bo’lgan bitiruvchi va yoshlarga
“Biznes progress”
Tadbirkorlik subyekti sifatida mustaqil biznes boshlagan va faoliyatini kengaytirishni maqsad qilgan talaba va yoshlarga
“Talaba invest”
O’ttiz bir yoshga to’lmagan talaba va yoshlarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subyektlariga
“Mening birinchi kasbim”
Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilariga
- Tanlov natijasida malaka oshirish davri uchun oylik 5 BHM gacha stipendiya
- Chet eldagi qisqa muddatli kurslar uchun 50 BHM gacha mablag’
- Biznes reja tayyorlash xarajatlari qoplanadi
- “Talaba Expo 2026” natijalariga ko’ra bandlikka ko’maklashiladi
Endi siz ham o’z g’oyangizni real loyihaga aylantiring!
“Kelajakka qadam” markazi orqali talaba o’qishni tugatgach, yoki ish topadi, yoki o’z biznesini yo’lga qo’yadi.