Jismoniy madaniyat
Jismoniy madaniyat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va kechki taʼlim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha taʼlim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi..
Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi Pedagogika va sport bilim sohasining jismoniy tarbiya va sport faoliyatiga mansub yo‘nalishi bo‘lib, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari, sport muassasalari hamda davlat va nodavlat ta’lim tizimi subyektlarida pedagogik, tashkiliy va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirishni qamrab oladi. Ushbu yo‘nalish jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ta’lim oluvchilarning jismoniy rivojlanishini ta’minlash, pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek ta’lim jarayonini boshqarish va takomillashtirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari majmuasini o‘z ichiga oladi.
Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida tayyorlanadi. Kunduzgi ta’lim shaklida o‘qish muddati 3 yilni tashkil etadi. Ushbu ta’lim yo‘nalishi jismoniy tarbiya va sport sohasida zamonaviy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarga ega, raqobatbardosh pedagog kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.
Ta’lim jarayonida talabalar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirish va tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishini baholash hamda innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladilar.
Yo‘nalish bitiruvchilari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida to‘garak rahbari, shuningdek ta’lim tizimida tashkiliy-boshqaruv lavozimlarida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Asosiy fanlar:
- Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi I,II
- Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi I,II
- Milliy va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi I,II
- Umumiy psixologiya I,II
- O‘zbekistonning eng yangi tarixi
- Mediasavodxonlik va axborot madaniyati
- Falsafa
- Amaliy o‘zbek (rus) tili
Asosiy fanlar:
- Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi III,IV
- Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi I,II
- Kurash turlari va uni o`qitish metodikasi
- Yengil atletika va uni o’qitish metodikasi
- Sinf boshqaruvi. O`quv dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq etish
- Ta`limda baholash
- Inklyuziv ta`lim. Gospital pedagogika
- Dinshunoslik
Tanlov fanlar:
- Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish
- Shashkani o‘qitish nazariyasi va amaliyoti
- Shaxmatni o‘qitish nazariyasi va amaliyoti
- Sport turizmi nazariyasi va metodikasi
- Sport menejmenti
- Sport inshootlari
Asosiy fanlar:
- Sport o’yinlari va uni o’qitish metodikasi III
- Sport mahoratini oshirish I,II
- Futbol va uni o’qitish metodikasi
- Sport turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazish va
hakamlik qilish - Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning
tibbiy-fiziologik asoslari I,II
Tanlov fanlar:
- Sport psixologiyasi
- Sport to‘garaklarini tashkil qilish
- Sport tadirlarini tashkil qilish