Biznes boshqaruvi – Iqtisodiyot va menejment bilim sohasining muhim taʼlim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatini samarali rejalashtirish, tashkil etish va boshqarishga qaratilgan nazariy hamda amaliy bilimlarni o‘rgatadi. Mazkur yo‘nalishda taʼlim oluvchi talabalar biznes jarayonlarini tahlil qilish, strategik rejalashtirish, marketing, moliya, inson resurslari va tashkiliy boshqaruv sohalarida kasbiy ko‘nikmaga ega bo‘ladilar.
Yo‘nalishning asosiy vazifasi – zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, ijodiy fikrlaydigan, innovatsion qarorlar qabul qila oladigan, korxona va tashkilotlarning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiluvchi yuqori malakali menejerlarni tayyorlashdan iborat. Shuningdek, bitiruvchilar milliy va xalqaro darajada faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarda samarali boshqaruv faoliyatini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.