Toshkent Ijtimoiy Innovatsiya Universitetida “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, imtiyozli kreditlar va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
