Prezident va Davlat nomdor stipendiyalar tanlovi!

Universitetimizda nufuzli Prezident va Davlat nomdor stipendiyalari uchun ichki saralash tanloviga start berildi!
Bu sizning bilimingiz, ilmiy va ijtimoiy faolligingizni butun respublikaga namoyish etish hamda munosib rag’batlantirish uchun ajoyib imkoniyatdir.
🎯 Bu tanlov kimlar uchun?
✅ Darslarni a’lo baholarga o’zlashtirayotgan;
✅ Ilmiy izlanishlar olib borish, turli anjumanlarda qatnashib, mahalliy va xalqaro nashrlarda o’z maqolalari bilan ishtirok etayotgan;
✅ Xorijiy tillarni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikati (IELTS, TOEFL, CEFR va h.k.) mavjud talabalar uchun.
💡 Unutmang: Yuqoridagi talablarga javob bersangiz, sizda ushbu nufuzli stipendiyalar sohibi bo’lish ehtimoli juda yuqori bo`ladi!
🚀 Nima qilish kerak?
Universitetimiz tomonidan tashkil etilgan dastlabki saralash bosqichida faol ishtirok eting, o’z iqtidoringizni ko’rsating va tanlovning keyingi, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiriting!
📍 Batafsil ma’lumot va hujjatlar ro’yxati bilan tanishish uchun: @GBoboyev_a
313-xonaga uchrashishingiz so’raladi.