Toshkent Ijtimoiy Innovatsiya Universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi - Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti
Addmission Подача документа Hujjat topshirish

Bizni kuzatib boring:

Aloqa uchun

+998 78 113 1717 +998 55 506 1277

Pochta

info@tiiu.uz

Toshkent Ijtimoiy Innovatsiya Universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

Sergeli tuman IIO FMB TQSB xodimi Qo‘ldoshyev Ibrohim Talat o‘g‘li, Xonobod jome masjidi imom noibi Murodjon Sadriddinov hamda universitet profilaktika inspektori To‘ranazar Mamadaliyev ishtirokida talaba-yoshlar bilan profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tadbir davomida quyidagi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi:

🟢 Jaholat jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi eng katta illatlardan biri ekani;
🟢 Ma’rifatli, bilimli va mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanishi;
🟢 Yot g‘oyalar va zararli axborotlardan himoyalanish uchun har bir yoshda tanqidiy fikrlash, kitobxonlik madaniyati hamda media savodxonlikni shakllantirish zarurligi;
🟢 Oila, ta’lim muassasasi va mahalla hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Ma’ruzachilar “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida yoshlarni ilm-fan, kasb-hunar egallash, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash muhim ekanini alohida qayd etdilar.

Tadbir yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi.

 

 

 

Fikr qoldirish

Your email address will not be published.