Navro‘z sayli ko‘tarinki ruhda nishonlandi
Toshkent ijtimoiy innovatsiya universitetida Navro‘z umumxalq bayrami ko‘tarinki ruhda keng nishonlandi.

Bayram tadbiri davomida milliy taomlar ko‘rgazmasi, sumalak sayli, milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar hamda turli madaniy chiqishlar tashkil etildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan bayram dasturxonlari tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.
Navro‘z sayli universitet jamoasiga bayramona kayfiyat, birlik va ko‘tarinki ruh ulashdi.

