Hurmatli ota-onalar, qadrli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar! - Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti
Addmission Подача документа Hujjat topshirish

Bizni kuzatib boring:

Aloqa uchun

+998 78 113 1717 +998 55 506 1277

Pochta

info@tiiu.uz

Hurmatli ota-onalar, qadrli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar!

Hurmatli ota-onalar, qadrli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar!

Bugungi globallashuv jarayonida jamiyat va millat salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirayotgan illatlardan biri — bu giyohvandlik va narkojinoyatlardir. Ushbu illat nafaqat yoshlarning hayotini, balki butun millatning genofondi, kelajagi va intellektual salohiyatiga katta zarar yetkazishini ta’kidlab o‘tish zarur.

Universitet jamoasi sifatida bizning bosh maqsadimiz — yoshlarimizni sog‘lom, bilimli, ma’naviy yetuk va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashdir. Bu esa, avvalo, ulami giyohvandlik kabi ofatlardan himoya qilish, sog‘lom turmush tarzi yo‘riqlarini bilish bilan chambarchas bog‘liq.

Shu boisdan, biz barcha ota-onalar, professor-o‘qituvchilar va talabalardan quyidagi qoidalarga qat’iy rioya etishlarini so‘raymiz:

Hurmatli Ota-onalar!

Farzandlaringizning do‘stlari, bo‘sh vaqtini o‘tkazish joylari, psixologik holati va qiziqishlari bilan muntazam qiziqib boring. Oilada sog‘lom muhit va mehr-muhabbatning mavjudligi yoshlarni yomon yo‘ldan asraydi.

Muhtaram ustozlar!

Dars jarayonida va tashqi faoliyatda talabalarga sog‘lom hayot, mas’uliyat va yot g‘oyalardan ehtiyot bo‘lish zarurati haqida tushuntirish ishlarini kuchaytirishingizni so‘raymiz. Har bir pedagog yosh avlodning ma’naviy yo‘l-yo‘riqida ishonchli yo‘lboshchi bo‘lishi kerak.

Aziz talaba-yoshlar!

Siz mamlakatimiz kelajagisiz. Har biringizdan o‘zingiz, oilangiz va jamiyat oldida mas’uliyatli bo‘lishni so‘raymiz. Giyohvandlikdan yiroq bo‘lish — bu faqat shaxsiy tanlov emas, balki o‘z taqdiriga, kelajak avlod genofondiga bo‘lgan hurmatdir. Bir-biringizni ehtiyot qiling, ogohlik va hushyorlikni qo‘ldan bermang.

Universitetda bu yo‘nalishda profilaktik mashg‘ulotlar, psixologik maslahatlar, sport va madaniy tadbirlar muntazam o‘tkazilmoqda. Bizning eng katta maqsadimiz — giyohvandlikka qarshi kurashda jamiyatning barcha bo‘g‘inlarini birlashtirish va ushbu xavfning ildiziga barham berishdir.

Hurmatli jamoa a’zolari!

Sog‘lom va barkamol avlod — millatning eng katta boyligidir. Keling, farzandlarimiz, talabalarimiz va butun jamiyatning kelajagi yo‘lida birgalikda mas’uliyatli bo‘laylik. Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashda har birimizning hissamiz muhim.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Akbar Maxmudov
Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti rektori

Fikr qoldirish

Your email address will not be published.